2018/2019 oʻquv yilidan boshlab majburiy umumiy oʻrta taʼlim uzluksiz va bepul 11 yillik taʼlim negizida amalga oshiriladi

0
899
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi farmonini imzoladi. Ushbu farmonning toʻliq matni Oʻzbekiston Respublikasi Hukumat portalida berilgan. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoniga ShARH ham yoritilgan. 

Ushbu Farmonga koʻra: 

2018/2019 oʻquv yilidan boshlab majburiy umumiy oʻrta taʼlim uzluksiz va bepul 11 yillik taʼlim negizida amalga oshiriladi; 

2019/2020 oʻquv yilidan boshlab kasb-hunar kollejlariga oʻqishga qabul qilish umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari hisobidan, ixtiyoriylik asosida, tegishli mutaxassislikka (kasbga) ega boʻlish uchun 6 oydan 2 yilgacha boʻlgan taʼlim muddatlarida amalga oshiriladi. 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.