2018-2019 yillarda rossiyalik hamkorlar bilan 101 ta loyiha amalga oshiriladi

0
57
marta koʻrilgan.
Oʻzbekiston – Rossiya ishbilarmonlar kengashi majlisida rossiyalik ishbilarmonlar hamkorligida mamlakatimizda ishlab chiqarish va transport-kommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiyalash, moliya institutlari bilan investitsiyaviy loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
 
Tadbir doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Sunnatilla Bekenov Oʻzbekiston – Rossiya hamkorligida roʻyobga chiqarilayotgan va ishga tushirilishi kutilayotgan investitsiyaviy loyihalar haqida maʼlumotlar berdi.
 
– Mamlakatimizda xorijiy investitsiya hisobiga sanoatni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish borasidagi qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Rossiya misolida oladigan boʻlsak, 2017 yilda hamkorlikda 10 ta yirik loyiha ishlab chiqilib, amaliyotga muvaffaqiyatli joriy etildi. Hozirgi kunda birgina temir yoʻl sanoatida umumiy qiymati 378,3 million dollar miqdoridagi loyihalarni hayotga tatbiq etish ishlari davom etmoqda. 2018-2019 yillarda yana 101 ta loyihani mamlakatimizda ishga tushirish boʻyicha aniq rejalarga egamiz, – dedi S.Bekenov.
 
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.