2018 yil —  Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili 

0
1404
marta koʻrilgan.

 Sakkiz kundan keyin yangi yil, yangi umid, yangi orzular yili kirib keladi.  2018 yil — yurtimizda Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili, deb nomlandi. Mamlakatimiz rahbari  boʻlajak yilga aniq va goʻzal taʼrif berdi: Faol tadbirkorlik biznes faoliyatini innovatsion, yaʼni zamonaviy yondashuvlar, ilgʻor texnologiya va boshqaruv usullari asosida tashkil etadigan iqtisodiy yoʻnalishdir. 

Faol tadbirkor deganda, biz raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga qodir, eng muhimi, yangi ish oʻrinlari yaratib, nafaqat oʻzini va oilasini boqadigan, balki butun jamiyatga naf keltiradigan ishbilarmon insonlarni tushunamiz. Bunday tadbirkorlar safini kengaytirish, jumladan, yuqori texnologiyalar, ilm-fanning eng soʻnggi yutuqlariga asoslangan texnika va asbob-uskunalarni mamlakatimizga olib kelish va joriy etish uchun ularga munosib sharoitlar yaratish bizning birinchi galdagi vazifamiz boʻlishi shart. Kerak boʻlsa, xorijdagi yetakchi kompaniya va tashkilotlarda tajriba orttirishi, oʻzaro manfaatli hamkorlik qilishi uchun ularga har tomonlama imkoniyat tugʻdirib berishimiz lozim. 

Bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yoʻliga oʻtmoqdamiz. Bu bejiz emas, albatta. Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi gʻoyaga, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi. 

Innovatsiya – bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan boʻlsak, uni aynan innovatsion gʻoyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak. Shuning uchun biz Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etdik va uning oldiga aniq vazifalarni qoʻydik. Bu vazirlik nafaqat iqtisodiyot sohasida, balki butun jamiyat hayotida eng muhim loyihalarni amalga oshirishda oʻziga xos lokomotiv rolini bajaradi, deb ishonamiz. 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.