2018 yil uchun zakot, fitr va fidya nisoblari miqdori maʼlum boʻldi

0
123
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hayʼati milodiy 2018 yil (hijriy 1439 yil) uchun ZAKOT nisobi 1 gramm tilloning bugungi kunda bozorlarimizdagi oʻrtacha narxi 188 235 (bir yuz sakson sakkiz ming ikki yuz oʻttiz besh) soʻm atrofida ekanini eʼtiborga olib, 85 gramm tillo hisobidan zakot nisobi 16 000 000 (oʻn olti million) soʻm ekani va mazkur summaning qirqdan bir (1/40) hissasi, yaʼni 400 000 (toʻrt yuz ming) soʻm miqdorda zakot chiqarishni maʼqulladi.

Bu yilgi FITR sadaqasining miqdori viloyat, shahar va tumanlarimizning bozorlaridagi 2 kilogramm bugʻdoy narxidan kelib chiqqan holda belgilandi. Masalan, 2018 yilda Toshkent shahar bozorlarida 1 kilogramm bugʻdoyning narxi oʻrtacha 2500 (ikki yarim ming) soʻm boʻlsa, demak 2 kilogramm bugʻdoy narxi 5000 (besh ming) soʻm boʻladi.
 
Bu yilgi FIDYa miqdori doimiy uzr bilan roʻza tutolmaydigan kishilar uchun bir och odamning bir kunlik oziq-ovqati barobarida boʻlib, oʻrtacha 12 000 (oʻn ikki ming) soʻm, deb belgilandi.
 

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.