2018 yil yanvar oyi uchun Oʻzbekiston Respublikasi isteʼmol sektorida inflyasiya darajasi

0
130
marta koʻrilgan.

Isteʼmol narxlari indeksi (INI) va inflyasiya darajasi 2018 yilning birinchi oyi davomida isteʼmol bozorida tovar va xizmatlar oʻrtacha 2,7 %ga oshdi, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari 3,5 %ga, nooziq-ovqat mahsulotlari 2,3 %ga va xizmatlar 1,4 %ga qimmatlashgan.

Maʼlumot uchun: 2017 yilning yanvar oyida tovar va xizmatlarning isteʼmol narxlari 0,8 %ga, shulardan oziq-ovqat mahsulotlari 1,2 %ga, nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlar 0,6 %ga oshgan.

2018 yilning yanvar oyida asosiy inflyasion omil sifatida. oziq-ovqat tovarlari narxlarining koʻtarilishi sabab boʻldi.

Maʼlumot uchun: 2017 yilning yanvar oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining koʻtarilishi umumiy INI oʻsishida 62,8 %, nooziq-ovqat mahsulotlari 22,0 %, xizmatlar 15,2 % ni tashkil etgan.

Oziq-ovqat mahsulotlarining isteʼmol narxlari indeksi yuqorida taʼkidlanganidek, oziq-ovqat mahsulotlari oy davomida oʻrtacha 3,5 %ga qimmatlashib, bu esa umumiy INIning umumiy oʻsishiga 1,6 f.d. (foiz darajasi)da taʼsir koʻrsatdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.