Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlik jadal rivojlanmoqda.
2018 yilning 14 mart kuni Ostona shahrida Qozogʻiston Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyaning 17-yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev va Qozogʻiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vaziri Aristanbek Muxamediuliʼ “2018 yilda Qozogʻistonda “Oʻzbekiston yili”ni oʻtkazish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi”ni imzoladilar.