2020 yildan dorixonalarda videokameralar o‘rnatiladi

0
223
marta koʻrilgan.

2019 yil 6 sentyabrda “Dori vositalari noqonuniy aylanishining oldini olish choralarini kuchaytirish toʻgʻrisida”gi yangi qaror qabul qilindi.

Qarorga koʻra, 2020 yildan boshlab qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlari hududida joylashgan dorixonalar va ularning filiallaridan tashqari barcha dorixonalarda dori vositalari va tibbiy buyumlarning realizatsiya (berish) jarayonini uzluksiz ravishda videoga yozib olish va bir oy davomida video-yozuvlarni saqlash tartibi joriy etiladi.

Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlum qiladi.

Bu mexanizm qatʼiy ishlashi uchun yangicha tartib dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishdagi litsenziya talabi etib belgilandi.

Agar dorixonalarda mazkur talab muntazam ravishda (bir yil davomida ikki va undan ortiq marta) buzilsa, bu holat litsenziyaning amal qilishini oʻrnatilgan tartibda tugatish uchun asos boʻladi.

 

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.