21 may – Oʻzbekiston Respublikasi axborot-kutubxona tizimi xodimlari kuni etib belgilandi

0
479
marta koʻrilgan.
Senatorlar “Oʻzbekiston Respublikasi axborot-kutubxona tizimi xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida”gi qonuni koʻrib chiqdi.
 
Maʼlumki, 1870 yil may oyida Toshkent shahrida birinchi ommaviy kutubxona tashkil etilgan. Bugungi kunda respublikamizda 12 mingdan ziyod axborot-kutubxona muassasasi mavjud. Shuningdek, vazirliklar, idoralar va davlat organlari, shahar, tumanlarda ham ana shunday ziyo maskanlari ishlab turibdi. Axborot-kutubxona muassasalarining kitob fondi 150 milliondan ziyodni tashkil qiladi. Mazkur tizimda 25 ming 210 nafar xodim xizmat qilmoqda.
 
Qayd etilganidek, ushbu qonun ushbu tizimda xizmat qilayotgan xodimlarni ragʻbatlantirish, kutubxonachi kasbining nufuzini oshirish, kutubxona ishiga yosh, iqtidorli, ilgʻor kadrlarni jalb etish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish asosida axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etadi.
 
Qonun bilan 21 may kunini Oʻzbekiston Respublikasi axborot-kutubxona tizimi xodimlari kuni etib belgilash va ushbu sana munosabati bilan kutubxonachilarni koʻp yillik halol mehnati, axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun davlat mukofotlari bilan taqdirlash hamda ragʻbatlantirish koʻzda tutilmoqda.
 
Taʼkidlanganidek, qonunning qabul qilinishi xalqimizning maʼnaviy-maʼrifiy dunyosini boyitishga xizmat qiladi.
 
Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.
 
Manbaa: OʻzA
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.