Koronavirus infeksiyasining yangi turini bolalar va yoshlar oʻrtasida tarqalish xavfini oldini olish maqsadida Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining takliflaridan kelib chiqib 24 yanvardan boshlab maktablardagi taʼlim jarayoni bir oy muddat davomida onlayn shaklda olib boriladi.
Masofaviy shaklda oʻquvchilarning sifatli taʼlim olishi uchun Milliy teleradiokompaniyaning telekanallari hamda «Onlayn maktab» telegram kanali (https://t.me/uzeduonlinemaktab) orqali berib boriladi. «Onlayn maktab» loyihasi doirasida beriladigan darslar jadvali kunlik ravishda «Onlayn maktab» telegram kanali orqali eʼlon qilib boriladi (https://t.me/uzeduonlinemaktab).
Fursatdan foydalanib, Xalq taʼlimi vazirligi ota-onalardan farzandlarini uydagi xavfsizligi va sogʻligini taʼminlagan holda «Onlayn maktab» loyihasi doirasida efirga uzatiladigan darslarni kuzatib borishlarida amaliy yordam berishlarini soʻraydi.
Shu oʻrinda bugungi murakkab vaziyatdan chiqib ketishning yagona yoʻli bu vaksinatsiya, shu bois sizlardan oʻzingiz va yaqinlaringiz salomatligini himoya qilish uchun vaksinatsiya jarayonlarida faol qatnashishingizni soʻrab qolamiz.
Xalq taʼlimi vazirligining rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram (https://t.me/uzedu) | Youtube (http://bit.ly/2PYbkOx) | Facebook (https://www.facebook.com/uzedu/) | Instagram (https://www.instagram.com/uzedu.uz/)
gujum.uz