OʻZBEKISTON MATBUOT VA AXBOROT AGENTLIGI QOSHIDA “MATBAA SANOATINI RIVOJLANTIRISH INNOVATSION MARKAZ” ISH BOSHLAYDI

0
169
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan birinchi marta mamlakatimiz parlamenti — Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomasida 2018 yil — Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili, deb eʼlon qilindi.

«Yangi fikr, yangi gʻoyaga, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi», — deb alohida taʼkidlab oʻtdi Shavkat Mirziyoyev.

Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligida yaqin kunlarda matbaa sanoatini yangi bosqichga olib chiqish va kadrlar malakasini oshirish boʻyicha zamonaviy innovatsion markaz faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

Ushbu innovatsion Markazda matbaachilik sohasini rivojlantirishga qaratilgan ilgʻor ilmiy tadqiqotlar va izlanishlar olib borilishi bilan bir  qatorda, davlat standartlarini takomillashtirish, sertifikatlash tizimini rivojlantirish, ularni xalqaro standartlar asosida qayta ishlash boʻyicha takliflar tayyorlanishi koʻzda tutilgan.

Innovatsion yondashuv asosida tajribali mutaxassislar tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini oshirish, mahsulot turlarini diversifikatsiya qilish va matbaa mahsulotlarini xalqaro bozorlarga olib chiqish boʻyicha ilmiy-uslubiy asoslangan takliflar ishlab chiqiladi.

Matbaachilik sanoati uchun kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish maqsadida xorijiy mamlakatlarning ilgʻor pedagogik texnologiyalarini keng tatbiq etish boʻyicha jiddiy tadqiqot ishlari olib boriladi, kadrlarning rivojlangan mamlakatlarda malakasini oshirish tizimini joriy qilish boʻyicha takliflar taqdim etiladi.

Shu bilan birga, Markazning yana bir faoliyati zamonaviy marketing usullari hamda iqtisodiy mexanizmlarni joriy qilish orqali mamlakatda sogʻlom raqobat muhitini yaratish va kontrafakt matbaa mahsulotlari ishlab chiqarilishining oldini olish boʻyicha izlanishlar olib borishdan iboratdir.

MANBAA: OʻZBEKISTON MATBUOT VA AXBOROT AGENTLIGI SAYTI

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.