Prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodov saylovda ovoz berdi

0
97
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narzullo Oblomurodov 24 oktyabr kuni Toshkent shahridagi 579-saylov uchastkasida ovoz berdi.

Mamlakatimizda demokratik tamoyillar asosida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni qonunchilik yoʻli bilan muvofiqlashtirish, aholining turmush sifati va darajasini yanada oshirishga qaratilgan islohotlar oʻz samarasini bermoqda. 

Rivojlangan davlatlarning bu boradagi ilgʻor tajribasi va milliy anʼanalarimizning oʻzaro uygʻunlashtirilishi natijasida milliy saylov qonunchiligimizda xalqimiz oʻz xohish-irodasini erkin bildirishini taʼminlaydigan jihatlar oʻz ifodasini topayotir.

Prezidentlik saylovi ilk marta saylovlar davomida toʻplangan milliy tajriba, ilgʻor xorijiy saylov amaliyoti, shuningdek, xalqaro standartlar asosida shakllantirilgan Saylov kodeksi asosida boʻlib oʻtmoqda. Mazkur saylov kodeksida Prezidentlik saylovininig oʻziga xos xususiyatlari bilan birga, siyosiy partiyalar va ularning nomzodlari tomonidan olib borilayotgan tashviqot turlari, shakllari hamda usullari aniq belgilab qoʻyildi.  

Bundan tashqari, mamlakatimiz tarixida ilk bor yangi siyosiy partiya sifatida Oʻzbekiston Ekologik partiyasi oʻzining siyosiy huquqidan foydalanish va ishtirok etish istagini bildirdi. Saylovga tayyorgarlik asnosida Ekopartiya platformasi koʻrib chiqildi.

«Biz kelajak uchun javobgarmiz» shiori ostidagi saylovoldi dasturining bosh maqsadi – mamlakatda ekologik barqarorlikni taʼminlash hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, yashil taraqqiyot tamoyillarini iqtisodiyotning barcha sohalariga keng joriy etish orqali xalqimiz va kelajak avlod uchun munosib turmush sharoitlari yaratish hamda farovon jamiyat barpo etishdan iborat.

Saylovda yurtdoshlarimiz mamlakatimiz tinchligi va osoyishtaligi, Vatanimiz taraqqiyoti, uning porloq istiqboli uchun ovoz bermoqda.

Nurillo NASRIYEV, Oqil Gʻulomov (surat),OʻzA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.