Bosh sahifa Oʻzbekiston Siyosat Saylovlar jarayonida nodavlat notijorat tashkilotlarining oʻrni

Saylovlar jarayonida nodavlat notijorat tashkilotlarining oʻrni

0
148
marta koʻrilgan.

Mamlakat kelajagi uchun muhim siyosiy voqea – Prezident saylovi jarayonlarida nodavlat notijorat tashkilotlari ham munosib qatnashib, oʻquv-malaka oshirish va targʻibot-tashviqot ishlarida faol boʻldilar.

Jumladan, “Demokratiya va inson huquqlari” nodavlat notijorat tashkilotining “Saylovlar jarayonida elektorat va fuqarolik jamiyati institutlari huquqiy madaniyati va darajasini oshirish” nomli loyihasi Parlament komissiyasi tomonidan qoʻllab quvvatlandi.

Mazkur tashkilot tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi nodavlat notijorat tashkilotlari Milliy assotsiyasi bilan hamkorlikda faoliyat yuritib, Toshkent, Xorazm, Andijon, Fargʻona va Namangan viloyatlaridagi ayrim saylov uchastkalari tanlab olinib, ushbu siyosiy maskanlardagi saylovlarga tayyorgarlik holati jamoatchilik monitoringi doirasida kuzatildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi.

Joriy yilning 23 oktyabr kuni Yoshlar ijod saroyidagi media xollda Jamoatchilik monitoringiga bagʻishlangan brifing boʻlib oʻtdi.

Unda Demokratiya va inson huquqlari instituti nodavlat notijorat tashkiloti rahbari Sayyora  Xodjayeva maʼruza qildi va loyiha doirasida amalga oshirilgan faoliyat yuzasidan maʼlumot berdi. Loyiha doirasida aholiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining konstitutsiyaviy va huquqiy asoslari haqida maʼlumotlar berilganligi, saylash va saylanish fuqarolarning eng asosiy siyosiy huquqlaridan biri ekanligi, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida bu boradagi tenglik va erkinlik kafolatlanganligi targʻib qilinganligini taʼkidladi.

Shuningdek, loyiha doirasida qonunchilik hujjatlariga, xususan, “Saylov qonunchiligini takomillashtirish munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgarish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunga  kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar keng aholiga  tushuntirilganligini gapirdi.

Ushbu tashkilotning yana bir eʼtiborga molik ishlaridan biri- Saylov jarayonida kuzatuvchilar instituti va uning huquqiy asoslari, hamda kuzatuvchilarning huquq va majburiyatlari borasida aholi xabardorligini oshirish maqsadida ommabop tilda “Saylov jarayonida kuzatuvchilar uchun qoʻllanma” ishlab chiqildi va chop etib tarqatildi.

– “Demokratiya va inson huquqlari” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan  yaratilgan telegramm bot orqali aholi bilan keng muloqot yoʻlga qoʻyildi. Unga kelib tushgan savollarga aniq va asoslantirilgan tushuntirishlar berildi. Ayni vaqtda institut tomonidan mamlakatimizdadagi siyosiy jarayon – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi jarayoni yuzasidan aholining fikrini aniqlash maqsadida jamoatchilik monitoringgi olib borilmoqda. Monitoring sotsiologik(anonim ravishda) soʻrovnomalar oʻtkazish yoʻli bilan Toshkent shahar va viloyatlarda olib borilmoqda va olingan natijalar bosqichma bosqich umumlashtirib borilmoqda, –dedi tashkilot rahbari.

Shuningdek, tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi nodavlat notijorat tashkilotlari Milliy assotsiyasi vakillari ham qatnashdi, OʻzRNNTMAsi boʻlim boshligʻi Xudoybergenov Ikrom soʻzga chiqib,  saylovlar jarayonida amalga oshirilayotgan faoliyat yuzasidan maʼlumot berdi.

 Brifing qizgʻin oʻtdi. Unda xorijiy kuzatuvchilar ham ishtirok etishdi va oʻz mulohazalarini bildirishdi.

Saylovchilarning huquqiy savollariga ham munosib javoblar berildi.

Gujum.uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.