Cenat tomonidan «Davlat fuqarolik xizmati» va «Davlat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini kompensatsiya toʻlash sharti bilan olib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida»gi qonunlari maʼqullandi

0
232
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma oltinchi yalpi majlisida  senatorlar xalq manfaatlariga xizmat qiluvchi bir qator qonunlarni koʻrib chiqdilar. Jumladan, «Davlat fuqarolik xizmati» va «Davlat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini kompensatsiya toʻlash sharti bilan olib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida»gi qonunlarni maʼqulladi.

«Davlat fuqarolik xizmati» qonuni bilan davlat xizmatchilarining faoliyati eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari(KPI) asosida baholanishi qatʼiy belgilanmoqda.

Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinmaydi.
Endilikda davlat xizmatchisi oʻzaro yaqin qarindoshlikda yoki quda tomondan qarindosh boʻlgan shaxslarning aynan bitta davlat organi va tashkilotida birga xizmat qilishi mumkin emas.

Davlat xizmatchisining tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Bundan tashqari, korrupsiya xavfi yuqori boʻlgan lavozimlarni egallab typgan davlat fuqarolik xizmatchilari majburiy rotatsiya qilinadi.

Shu oʻrinda yana bir muhim jihat — davlat xizmatchisi daromadlari hamda mol-mulki toʻgʻrisida deklaratsiya taqdim etishi shart.

Bundan tashqari, davlat xizmatchilari Oʻzbekiston hududidan tashqarida hisobvaraqlar ochishga va ularga ega boʻlishga, chet elda koʻchmas mulkka va boshqa mol-mulkka egalik qilishga haqli emas.

“Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi qonun xalqimizni qiynab kelayotgan davlat idoralari tomonidan oʻzboshimchalik bilan yer uchastkalarini olib qoʻyish, bino va inshootlarni buzib tashlash holatlariga chek qoʻyadi. Asossiz “snos”larga barham beriladi.

Bundan buyon yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishida mulk huquqining ustuvorligi, xususiy mulkning daxlsizligi, ochiqlik va shaffoflik taʼminlanadi.
Qonunga muvofiq:
🔹er uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan zararlarni oʻrnini qoplash boʻyicha respublika va hududiy darajada jamgʻarmalar hamda kompensatsiya komissiyalari tashkil etiladi;
🔹er uchastkasini olib qoʻyish boʻyicha tashabbus mahalliy Kengashlarning majlislarida OAV va jamoatchilik vakillari ishtirokida ochiq koʻrib chiqiladi, natijalari eʼlon qilinadi;
🔹er uchastkalarining kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishiga asos boʻladigan holatlarning aniq roʻyxati koʻrsatilmoqda;
🔹er uchastkalarining har qanday boshqa maqsadlarda olib qoʻyilishini jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish sifatida talqin etish qatʼiyan taʼqiqlanadi;
🔹buzilishga tushgan hududda joylashgan yerga boʻlgan huquq mavjud boʻlmay turib, 15 yil davomida koʻchmas mulkka halol, oshkora va uzluksiz egalik qilib kelgan shaxslarga ham ushbu koʻchmas mulk obyekti uchun soliqlar toʻlab kelingani tasdiqlangan taqdirda, mazkur koʻchmas mulk obyekti qiymatining oʻrni qoplanadi.
Yana bir muhim jihat. Qonunni ishlab chiqishda milliy anʼana va qadriyatlarga ham alohida eʼtibor qaratilgan. Yaʼni bitta mahalla yoki koʻchada yashovchi huquq egalari va ularning oila aʼzolari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, madaniy qadriyatlarni saqlab qolish maqsadida huquq egalarining xohishiga koʻra, ularga bitta mahalla yoki koʻchada joylashgan yangi uylar berilishi belgilanmoqda.

@tanzilanarbaeva kanalidan

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.