Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Oliy Majlis Senatiga taqdimnoma kiritdi

0
168
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining vakolatlari joriy yil 24 avgust kuni tugayotgan 6 nafar sudyasining oʻrniga nomzodlar yuzasidan Oliy Majlis Senatiga taqdimnomalar kiritdi.

Ushbu nomzodlar:
— Balkibayeva Janagul Ismaylovna;
— Gafurov Askarjon Boyisovich;
— Davletova Karomatjon Xudaybergenovna;
— Ismaylov Raxat Aminbayevich;
— Raximov Abdumannob Kuziyevich;
— Raxmanov Akmal Ergashevich.

Ular Senat tomonidan saylangan taqdirda, oʻz vakolatlariga 24 avgust kunidan boshlab kirishadilar.

Bundan tashqari, Prezident oʻz taqdimnomasi bilan Konstitutsiyaviy sud sudyasi vakant lavozimiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi lavozimini egallab kelgan Kamilov Kozimdjan Fazilovichning nomzodini taklif etdi.

Shuningdek, davlatimiz rahbari oʻz taqdimnomasi bilan Prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi Islamov Baxtiyor Djaxangirovichning nomzodini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi lavozimiga koʻrib chiqish uchun Senatga kiritdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.