Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat tashrifi bilan Saudiya Arabistonida boʻladi

0
129
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ikki muqaddas masjid xodimi – Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan 17-18 avgust kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda boʻladi,  deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida. 

Tashrif dasturiga muvofiq, Jidda shahrida oliy darajadagi Oʻzbekiston-Saudiya sammitining asosiy tadbirlari boʻlib oʻtadi. 

Muzokaralar kun tartibidan mamlakatlarimiz oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot, investitsiya, energetika, moliya sohalarida va madaniy-gumanitar yoʻnalishda yanada kengaytirishning dolzarb masalalari oʻrin olgan.

Alohida eʼtibor “yashil” iqtisodiyot, yuqori texnologiyalar va raqamlashtirish, tibbiyot, kichik biznes va tadbirkorlik sohalarida qoʻshma loyiha va dasturlarni amalga oshirishga qaratiladi.

Sammit yakunida ikki tomonlama bitimlarning salmoqli toʻplamini imzolash rejalashtirilgan.

Tashrif dasturida Saudiyaning yetakchi kompaniyalari, nufuzli xalqaro tuzilmalar – Islom hamkorlik tashkiloti va Islom taraqqiyot banki rahbariyati bilan uchrashuvlar ham koʻzda tutilgan.

Saudiya Arabistoniga davlat tashrifi chogʻida davlatimiz rahbari barcha musulmonlar uchun muqaddas Makka va Madina shaharlarini ziyorat qilishi kutilmoqda.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.