Abu Rayhon Beruniyning «Kitob as-saydana fi-t-tib» («Tabobatda dorishunoslik») nomli kitobining taqdimoti

0
143
views

Poytaxtimizdagi Temuriylar tarixi davlat muzeyida Abu Rayhon Beruniyning «Kitob as-saydana fi-t-tib» («Tabobatda dorishunoslik») nomli kitobining taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda buyuk alloma bobomiz Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbirlar gʻoyat koʻtarinki ruhda oʻtmoqda.

Tadbirda «Maʼrifat» targʻibotchilar jamiyati raisi Baxtiyor Husanov Abu Rayhon Beruniyning merosi jahon ilm-fani merosiga daxldor ekanini taʼkidladi. – Beruniy jahon fan rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan mutafakkirdir, – dedi xalqaro anjuman ishtirokchisi, Qohira universiteti tillar kafedrasi professori Jalal Olsaid Alhefnaviy.

– Beruniy hind madaniyati haqida yozarkan, bu madaniyatni yunon tamadduni bilan solishtirdi. Hindistonda 14 yil yashagan olim juda koʻp asarlar yozgan boʻlsa-da, ularning eng buyugi «Hindiston» asaridir.

Darhaqiqat, Abu Rayhon Beruniy serqirra olimligi bilan dunyo akademik doiralarining hamon eʼtiborida boʻlib kelmoqda. Uning tadqiqotlari matematika, geodeziya, geologiya, tilshunoslik, astronomiya, geografiya, falsafa, tarix, mineralogiya, tibbiyot kabi koʻplab fanlar bilan birga dorishunoslik fanini ham qamraydi.

Taqdimotda tadbir ishtirokchilariga maxsus sertifikatlar topshirildi.

 Nazokat Usmonova,  OʻzA

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here