Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining yigʻilishi

0
148
marta koʻrilgan.

Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining yigʻilishi 29 dekabr kuni boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda Korrupsiyaga qarshi kurashish shahar hududiy Kengashi aʼzolari, poytaxtimizning tegishli tashkilot va idoralari rahbarlari, nodavlat-notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. Shuningdek, videokonferensiya aloqasi yordamida poytaxtimizning barcha tumanlari mutasaddilarining ishtiroki taʼminlandi.

Tadbirni Toshkent shahar hokimi v.b. Shavkat Umurzakov ochib berdi va korrupsiya turli koʻrinishlari bilan taraqqiyotimizga gʻov boʻlayotgani, faqatgina bu yovuz baloning oldini olish orqali, haqiqiy ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaratish imkoni paydo boʻlishi, umuman, jamiyatning barcha tarmoqlari rivojlanishi mumkinligini taʼkidladi.

Soʻzga chiqqan Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining direktori Akmal Burxonov tomonidan Toshkent shahrida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda bu boradagi chora-tadbirlarni belgilab olish masalasi koʻtarildi.

Bundan soʻng, Toshkent shahar prokuraturasi, Markaziy bank Toshkent shahar boshqarmasi, Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boshqarmasi mutasaddi rahbarlarining oʻz tizimlarida korrupsiya holatlarining oldini olish hamda unga qarshi kurashish yuzasidan koʻrgan choralari boʻyicha axborotlari tinglandi.

Korrupsiyaga oid jinoyatchilikning holati va uni bartaraf etish boʻyicha koʻrilayoitgan choralar, Toshkent shahrida bank sohasida korrupsiya holatlarini oldini olish masalalari, poytaxtdagi qurilish sohasida korrupsiya holatlarini oldini olish boʻyicha koʻrilayotgan choralar tanqidiy muhokama qilinib, maʼsullarga ularni jadallashtirish, inson omilini istisno qiladigan yechimlarni izlash vazifasi yuklatildi.

Muhokamalar davomida aniqlangan korrupsiya holatlariga alohida eʼtibor qaratilib, ularning sabab va oqibatlari tahlil qilindi. Bu illatga qarshi kurashish yoʻnalishdagi ishlarni yanada kuchaytirish boʻyicha taklif va tavsiyalar bildirildi

Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.