Kollejda Islom Karimovning porloq xotirasiga bagʻishlangan   tanlov

0
406
marta koʻrilgan.

Toshkent temir yoʻl transporti kasb-hunar kolleji  talabalari oʻrtasida “Islom Karimovning 80 yilligiga bagʻishlangan insho va rasmlar” tanlovi boʻlib oʻtdi. Oʻzbekistonning birinchi  Prezidenti hayoti va faoliyati boʻyicha insho yozish va mustaqillik beshigini tebratgan insonning siyrati aks ettirilgan rasmlar tanlovida kollejning mingdan ortiq talabasi oʻzlarining ijodiy ishlari bilan ishtirok qilishdi.

Bellashuvning oʻziga xos tomoni shu-ki, unda jyuri aʼzolari tomonidan yuqori baholangan ijodiy ishlarning mualliflaridan oltmish nafari Buxoroga sayohat qilish imkoniyatiga ega boʻlishdi. Ular safida mazkur tadbirni tashkil etgan kollej yoshlar ittifoqi yetakchilari ham bor. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ sayohat xarajatlarini oʻz zimmasiga oldi.

J. Saʼdullayev

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.