Oʻzbekiston Prezidenti OIIB bilan 2030 yilgacha boʻlgan strategik sheriklik dasturini qabul qilishni qoʻllab-quvvatladi

0
36
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25 sentyabr kuni Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) Boshqaruvchilar kengashining yillik yigʻilishi doirasida ushbu yetakchi xalqaro moliya instituti prezidenti Szin Litsyunni qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Uchrashuv avvalida OIIB rahbari bankning asosiy tadbirini Samarqand shahrida oʻtkazishga har tomonlama koʻmaklashgani uchun mamlakatimiz yetakchisiga chuqur minnatdorchilik bildirdi hamda Yangi Oʻzbekistondagi ortga qaytmas islohotlarni bundan buyon ham qatʼiy qoʻllab-quvvatlashini tasdiqladi.

Oʻzbekistonning Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bilan keng qamrovli hamkorligini rivojlantirishning amaliy jihatlari koʻrib chiqildi.

Soʻnggi yillarda hamkorlik eng yuqori darajaga koʻtarilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Loyihalar portfeli 3 milliard dollardan oshdi, bu esa Oʻzbekistonni OIIBning mintaqadagi asosiy benefitsiariga aylantirdi va amaliyotlar hajmi boʻyicha dunyoda oltinchi oʻringa chiqardi.

Transport, energetika, sogʻliqni saqlash, qishloq xoʻjaligi, infratuzilma, kommunal soha hamda tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha muhim loyihalar amalga oshirilmoqda.

Oʻzbekiston Prezidenti OIIB bilan 2030 yilgacha infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha strategik sheriklik dasturini tayyorlashga kirishish tashabbusini ilgari surdi.

Ustuvor yoʻnalishlar sifatida kambagʻallikni qisqartirish, Yangi Toshkentni barpo etish, davlat-xususiy sheriklik va xususiy sektor loyihalarini qoʻllab-quvvatlash, taʼlim sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish, suv, transport va energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish kabi sohalar belgilandi.

Markaziy Osiyo mintaqasida yirik infratuzilma loyihalarini ilgari surish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida davlatimiz rahbari huzurida umumiy qiymati 4 milliard dollardan ortiq istiqbolli loyihalardan iborat 2026 yilga qadar davrga moʻljallangan yangilangan «yoʻl xaritasi» imzolandi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.