8 avgustdan test sinovlari boshlanishi mumkin

0
141
marta koʻrilgan.

 Bu haqida AOKAda boʻlib oʻtayotgan matbuot anjumanida Davlat test markazi masʼul xodimi maʼlum qildi.

Bu yil OTMlarning bakalavriatiga oʻqishga kirish uchun 1 mln 146 ming 744 nafar abituriyent onlayn roʻyxatdan oʻtdi va ular test sinovlarida ishtirok etadi — DTM.

🔸 Kunduzgi taʼlim — 585 669 nafar;
🔹Sirtqi taʼlim — 528 839 nafar;
🔺Kechki taʼlim — 25 369 nafar;
🔸Masofaviy taʼlim — 6 867 nafar.

 Eng koʻp abituriyent roʻyxatdan oʻtgan hududlar (doimiy yashash hududi boʻyicha):

1️⃣ Qashqadaryo viloyati — 133 987 nafar
2️⃣ Samarqand viloyati — 125 717 nafar
3️⃣ Toshkent viloyati — 107 923 nafar
4️⃣ Fargʻona viloyati — 104 201 nafar
5️⃣ Surxondaryo viloyati — 101 417 nafar

 Abituriyentlar tomonidan eng koʻp tanlangan OTMlar (birinchi taʼlim yoʻnalishiga nisbatan):

▫️Oʻzbekiston milliy universiteti — 41 577 nafar
▫️Toshkent davlat pedagogika universiteti — 40 523 nafar
▫️Namangan davlat universiteti — 37 267 nafar
▫️Urganch davlat universiteti — 37 091 nafar
▫️Jizzax davlat pedagogika instituti — 35 706 nafarni tashkil etadi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.