8 mart–Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan mukofotlash toʻgʻrisida

0
200
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Jamiyatimizda xotin-qizlarning oʻrni va nufuzini oshirish, ularning oilalarni mustahkamlash, yosh avlodni vatanparvarlik, istiqlol gʻoyalariga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, xalqimizning koʻp asrlik boy maʼnaviy merosini asrab-avaylash, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish va aholi farovonligini yuksaltirish borasidagi ulkan xizmatlarini munosib qadrlash maqsadida yurtimizning ishlab chiqarish tarmoqlari, tadbirkorlik, ilm-fan, taʼlim-tarbiya, sogʻliqni saqlash, madaniyat, sanʼat va boshqa sohalarida samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh ayollarimiz faxriy unvonlar, orden va medallar bilan mukofotlansin:

«Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi»

Kasimaxunova Anarxan Mamasadikovna — Fargʻona politexnika institutining «Elektr nergetikasi» kafedrasi professori, Fargʻona viloyati 

Marufova Gulnora Maxmudovna — Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari 

Shaxabitdinova Shoxida Xoshimovna — Andijon davlat universitetining «Oʻzbek tilshunosligi» kafedrasi professori, Andijon viloyati

«Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist»

Uteniyazova Altingul Paluanovna — Qoraqalpogʻiston Respublikasi teleradiokompaniyasi «Qoraqalpogʻiston» telekanalining katta muharriri

«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan

Raxmatullayeva Shafoatxon — Qoʻqon shahar musiqali drama teatri aktyori, Fargʻona viloyati
 
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
 
Bobomurodova Xosiyat — Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira 

Boymuradova Jumaxol Norboyevna — Zarbdor tumanidagi «Tinchlik» mahalla fuqarolar yigʻini raisi, Jizzax viloyati 

Irisbekova Kammuna Narinbayevna — «Aloqabank» aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisi 

Istamqulova Mafiratxon Mamajanovna — Namangan viloyati qirgʻiz milliy madaniy markazi raisi

Qobulova Mavluda Umarjonovna — Surxondaryo viloyati hokimining oʻrinbosari – xotin-qizlar qoʻmitasi raisi 

Maxmudova Dilbar Pirimkulovna — Erkin ijodkor, yozuvchi va publitsist 

Otajanova Masuda Yuldashevna — Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatri solist-vokalisti 

Salimova Sharipa — Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira 

Toxtayeva Guzal Kashibovna — Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Respublika Kengashi raisi oʻrinbosari 

Tulegenova Akshagul Abuyevna — Konimex tumani xalq taʼlimi boʻlimi mutaxassisi, tuman qozoq milliy madaniy markazi raisi, Navoiy viloyati

 
II darajali «Sogʻlom avlod uchun» ordeni bilan
 
Nadirxanova Natalya Suratovna — Buxoro viloyati perinatal markazi direktori 

Turdiyeva Matlyuba Xalimovna — Samarqand shahridagi 2-oilaviy poliklinika bosh shifokori, Samarqand viloyati

 
«Doʻstlik» ordeni bilan
 
Abdullayeva Sanam Raimovna — «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasi Markaziy kon boshqarmasining 2-gidrometallurgiya zavodi kran mashinisti, Navoiy viloyati 

Abduraximova Muxayyo Raxmatullayevna — Chimboy tumanidagi «Lanextrakt» qoʻshma korxonasining tashqi iqtisodiy masalalar boʻyicha direktori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi 

Jumayeva Mavjuda Shodmonovna — Koson tumanidagi «Koʻzmunchogʻim» nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi mudiri, Qashqadaryo viloyati 

Zununova Saxabat Islamovna — «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazining Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi 

Iplina Antonina Aleksandrovna — Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira 

Kadirxanova Malika Akbarovna — «Tadbirkor ayol» uyushmasining Toshkent viloyati boʻlimi raisi 

Kasimova Mukaddas Zaynutdinovna — Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Alisher Navoiy nomli mahalla fuqarolar yigʻinining xotin-qizlar bilan ishlash komissiyasi raisi, Toshkent shahri 

Muxammadiyeva Xushvak — Paxtachi tumanidagi «Avangard» fermer xoʻjaligi pillachisi, Samarqand viloyati 

Sadullayeva Faraxat Aminovna — Urganch shahridagi «Urganch milliy tikuvchilik» oilaviy korxonasi rahbari, Xorazm viloyati 

Sattarova Farogʻat — «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazining Jizzax viloyati boshqarmasi boshligʻi 

Safarova Zamira Xaydarovna — Gʻijduvon tumanidagi «Gʻijduvon Mashhurasi» xususiy korxonasi rahbari, Buxoro viloyati 

Turdikulova Shaxloxon Utkurovna — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti direktorining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari 

Xatamova Risligoy Gofurjanovna — Erkin ijodkor, shoira 

Yuldasheva Muxabat Aysaraxunovna — Qoʻrgʻontepa tumanidagi «Kapital bella» masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori, Andijon viloyati 

Yulchiyeva Gulnora Dexkanovna — «Mahalla ziyosi» Respublika oʻquv-uslubiy markazi direktorining oʻrinbosari

 
«Shuhrat» medali bilan
 
Azizova Maftuna Raxmatullo qizi — «Hunarmand» uyushmasining Boysun tumani boʻlimi aʼzosi, gilamdoʻz, Surxondaryo viloyati 

Jalilova Muʼtabar Abidovna — Toshkent shahridagi «Muruvvat» nogiron bolalar uchun 2-internat uyi tarbiyachisi 

Jurabayeva Saxiba Ergashevna — «Oʻzbekiston metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarish sexi sirlovchisi, Toshkent viloyati 

Kokotova Olga Nikolayevna — Guliston shahridagi «Quvonch» maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyachisi, Sirdaryo viloyati 

Navruzova Lola Xushmurodovna — Qarshi shahridagi «Sanam» masʼuliyati cheklangan jamiyatining tikuv sexi ustasi, Qashqadaryo viloyati 

Rajabova Sara Durdiyevna — Hazorasp tumanidagi «Shovot» mahalla fuqarolar yigʻini raisi, Xorazm viloyati 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                            Sh.MIRZIYOYEV 

Toshkent shahri, 2018 yil 7 mart

Manba:Oʻzbekiston Respublikasi  hukumat portali

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.