8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash toʻgʻrisida

0
84
marta koʻrilgan.
 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Mamlakatimizda moʻtabar ayol zotiga ulkan ehtirom koʻrsatish, xotin-qizlarning davlat va jamiyat hayotida tutgan oʻrni va nufuzini oshirish, shuningdek, oʻzining koʻp yillik samarali mehnati, boy tajribasi bilan bugungi tub islohotlarimizda faol qatnashib, Yangi Oʻzbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yoʻlida tashabbus va ibrat koʻrsatib kelayotgan, oilalarda maʼnaviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga katta hissa qoʻshayotgan opa-singillarimizni munosib taqdirlash maqsadida quyidagilar orden va medallar bilan mukofotlansin:  

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Arziyeva Marxabo Imamnazarovna — «Oʻzbekiston metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining navli prokat sexi metall saralovchisi, Toshkent viloyati

Atabayeva Omatxon Karimjanovna — Andijon shahridagi «Siyovush gold trans» masʼuliyati cheklangan jamiyati haydovchisi, Andijon viloyati

Axmedova Zulfiya Raxmonovna — «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining «Navoiy mashinasozlik zavodi» ishlab chiqarish birlashmasi temirchilik-presslash sexi mashinisti, Navoiy viloyati

Axmedshina Faniya Avzalovna — Jizzax davlat pedagogika universitetining umumiy tarix kafedrasi professori, Jizzax viloyati

Begmatova Azza — Oʻzbekiston davlat drama teatri yetakchi sahna ustasi

Qobilova Mavluda Umrzoqovna — Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining boʻlim yetakchi muhandis-texnologi, Qashqadaryo viloyati

Mazaxidova Nadira Tashpulatovna — Qoʻqon shahridagi «Qoʻqon yor-yori» ashula va raqs folklor-etnografik ansambli musiqa rahbari, Fargʻona viloyati

Mamatkulova Aysara Berdikulovna — Sardoba tumanidagi «Nurafshon dala sari» fermer xoʻjaligi boshligʻi, Sirdaryo viloyati

Matyakubova Mexriban Kadamovna — «Hunarmand» uyushmasining Xiva shahar boʻlimi aʼzosi, kashtachi, Xorazm viloyati

Narmuradova Maxbuba Akramovna — Samarqand shahar obodonlashtirish boshqarmasining farroshlar brigadasi boshligʻi, Samarqand viloyati

Rajabova Marhabo Muxammadiyevna — Qorakoʻl tumanidagi «Xosiyatli Qorakoʻl nuri» masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi, Buxoro viloyati

Rasulova Muqaddam Mansurjonovna — Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi huzuridagi Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi direktori

Saidmurodova Maksuda — Mingbuloq tumani mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻining maslahatchisi, Namangan viloyati

Xaitova Ayjomal Nazirovna — Oltinsoy tumanidagi «Tuyaqush tillolari» oilaviy korxonasi rahbari, Surxondaryo viloyati

Xojametova Zamira Jumabayevna — Qoʻngʻirot tumanidagi «Kungrad agro-solodko system» masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

«Doʻstlik» ordeni bilan

Aytbagambetova Aybatsha Bekberdiovna — Guliston shahridagi «Doʻstlik» madaniyat markazi xoreografi, Sirdaryo viloyati

Alimova Arzixan Abdillayevna — «Hunarmand» uyushmasining Jizzax viloyati boshqarmasi aʼzosi, quroqchi

Atalikova Yevgeniya Vladimirovna — Quvasoy shahridagi «Quvasoysement» aksiyadorlik jamiyatining xomashyoni qayta ishlash uchastkasi kran mashinisti, Fargʻona viloyati

Bayramova Natalya Shamuratovna — Tuproqqalʼa tumanidagi «Matyoqub Qodir» chorvachilik fermer xoʻjaligi texnologi, Xorazm viloyati

Vasilyeva Tatyana Aleksandrovna — «Oʻzaeronavigatsiya markazi» davlat unitar korxonasining Havodagi harakatni boshqarish avtomatlashtirilgan tizimi Toshkent markazi hududiy boʻlinmasi dispetcheri

Djurakulova Saodat Eshqobilovna — Boysun tumani hokimining oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi, Surxondaryo viloyati

Ismailova Gavxar Abdumananovna — «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining Mis eritish zavodi misni elektrolizlash sexi kran mashinisti, Toshkent viloyati

Kaipova Gulistan Sarsenbayevna — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qoraqalpogʻiston filiali jonlantirish boʻlimi shifokori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Kayumova Maxfuza Abdinabiyevna — Paxtachi tumanidagi «Paxtachi agro hamkor tomorqa xizmati» masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Samarqand viloyati

Lyan Yekaterina — Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining issiqxonada sabzavot, poliz ekinlari genetikasi, seleksiyasi va urugʻchiligi laboratoriyasi mudiri

Nasridinova Shoxida Taufikovna — Mirzo Ulugʻbek tumanidagi «Milk Foods Trade» masʼuliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Toshkent shahri

Nesterovich Lyudviga Petrovna — Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, haykaltarosh

Riskulova Aynogul Junusovna — Marhamat tumanidagi «Marhamat 112-qurilish» masʼuliyati cheklangan jamiyati pardozchisi, Andijon viloyati

Salimova Manzura Alimovna — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi aʼzosi

Sariyeva Nurbibi Baymaxanovna — Konimex tumanidagi «Qorakoʻl Uchtepa sur» masʼuliyati cheklangan jamiyati choʻponi, Navoiy viloyati

Xalbayeva Dilrabo Djurabekovna — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi aʼzosi

Choʻliyeva Ziynat Boboyevna — «Oʻzbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasining Buxoro filiali axborot xavfsizligi va maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini boshqarish boʻlimi muhandisi, Buxoro viloyati

Ergasheva Tanzila Nizamovna — Namangan shahridagi «Art Soft Tex» masʼuliyati cheklangan jamiyati tikuvchisi, Namangan viloyati

Yuldasheva Mavluda Melikovna — Shahrisabz shahridagi «Ipak yoʻli» mahalla fuqarolar yigʻini raisi, Qashqadaryo viloyati

II darajali «Sogʻlom avlod uchun» ordeni bilan

Dadaboyeva Manzuraxon — Andijon tumanidagi 10-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktab-internati direktori, Andijon viloyati

Zoirova Aziza Ibragimovna — Qarshi davlat universitetining fransuz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, Qashqadaryo viloyati

Zoxidova Mamuraxon Nasilloyevna — Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining oʻquv-metodika va harbiy-vatanparvarlik boʻlimi boshligʻi, yozuvchi

Mirzayeva Mehriniso Latipovna — Gʻijduvon tumanidagi «Marjona Eʼzoza» nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbari, Buxoro viloyati

Eshmamatova Dilorom Baxramovna — Sergeli tumanidagi 6-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori, Toshkent shahri

II darajali «Salomatlik» ordeni bilan

Gadoyeva Dilfuza Mustafoyevna — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro filiali ogʻir kuyish jarohatlari boʻlimi katta hamshirasi, Buxoro viloyati

Xolmurodova Zamira Baxromovna — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax filiali nevrologiya boʻlimi mudiri, Jizzax viloyati

Shavazova Muhabbat Ismatovna — Respublika perinatal markazining chaqaloqlar anesteziologiya va reanimatsiya boʻlimi anesteziolog-reanimatologi

Yuldasheva Rayxon Sayfidinovna — Respublika ixtisoslashtirilgan koʻz mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiali koʻz jarrohi, Samarqand viloyati

«Sogʻlom turmush» medali bilan

Madaliyeva Feruza Maxamadovna — «Taraqqiyot» aholining turmush tarzini rivojlantirishga koʻmaklashish markazi rahbari, Fargʻona viloyati

Mirzayeva Yelena Sadullayevna — Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Foreign Languages» telekanali xorijiy tillardagi ilmiy-maʼrifiy va badiiy dasturlar muharririyati bosh muharriri

Erkayeva Shoira Bahramovna — Qamashi tumanidagi «Mironshoh va Ibrohimjon» masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qashqadaryo viloyati

«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan

Aleuova Gulistan Userbayevna — Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining xalqaro-huquqiy masalalar boʻyicha katta yordamchisi

Axatova Zamira Rustamovna — Kattaqoʻrgʻon shahar ichki ishlar boʻlimining huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasi xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori, Samarqand viloyati

Rasulova Lola Anvarovna — Qoraqalpogʻiston Respublikasi bojxona boshqarmasining «Xoʻjayli» chegara bojxona posti katta inspektori

Raxmatova Gulzoda Shovrukjonovna — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchisi

«Kelajak bunyodkori» medali bilan

Aytmuratova Sarbinaz Yelmurat qizi — Nukus shahridagi Yoshlar texnoparkining innovatsion loyihalarni jalb qilish va saralashni tashkil etish boʻlimi boshligʻi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Davronova Sharifa Jamsherovna — Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi

Mannopova Fotima Said qizi — Toshkent shahridagi «Techno time academy» robototexnika maktabi direktori

«Shuhrat» medali bilan

Abdiyeva Muʼtabar Arslonovna — Sirdaryo tumanidagi «Reka-Med Farm» masʼuliyati cheklangan jamiyatining infuzion eritmalar ishlab chiqarish sexi yigʻuvchi-qadoqlovchisi, Sirdaryo viloyati 

Abdukadirova Saida Islamovna — «Issiqlik elektr stansiyalari» aksiyadorlik jamiyatining «Toshkent issiqlik elektr stansiyasi» filiali markazlashtirilgan taʼmirlash sexi kran mashinisti, Toshkent viloyati

Azimova Gulmira Djaxanovna — Samarqand viloyati transport boshqarmasining tramvay liniyalarini ekspluatatsiya qilish direksiyasi tramvay haydovchisi

Artikova Dilnoza Ilxombayevna — Oʻzbekiston davlat filarmoniyasining Xorazm viloyati boʻlinmasi raqqosasi

Voxidova Nilufar Umarovna — «Hunarmand» uyushmasining Chust tumani boʻlimi aʼzosi, doʻppidoʻz, Namangan viloyati

Dauletmuratova Zulxumar Maxsetovna — Xoʻjayli tumanidagi 2-oilaviy bolalar uyi direktori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Ziyatova Maxmuda Mamatqulovna — Sharof Rashidov tumanidagi «Maxmuda Zarina Zarifa» masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori, Jizzax viloyati

Ismadiyarova Dilaram Tulkunovna — Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasining Sirdaryo viloyati boʻlimi mutaxassisi, «Oqila ayollar» harakati aʼzosi

Kasimova Shaxzodaxon Ramizidinovna — Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining Fan va innovatsiyalar boshqarmasi bosh mutaxassisi

Kasimova Shoira Satvoldiyevna — Andijon viloyati bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari boʻyicha yordamchisi, bosh otinoyisi

Qaxorova Iroda Iminjonovna — Uychi tumanidagi «Ziyokor» mahalla fuqarolar yigʻini xotin-qizlar faoli, Namangan viloyati

Qilicheva Oysha Tenglashevna — Nurota tumanidagi «Muruvvat» nogironlar uchun erkaklar internat uyi xoʻjalik bekasi,  Navoiy viloyati

Mexmonova Roʻzixon Abduvaliyevna — Baliqchi tumani yoʻl xoʻjaligi pudrat taʼmirlash-foydalanish korxonasi ishchisi, Andijon viloyati

Mustafayeva Shaxnoza Bayzakovna — Yangiyoʻl shahridagi «Dugonalar» nogiron ayollar jamiyati raisi, Toshkent viloyati

Muxutova Lola Muhammadovna — Olot tumanidagi «Olot kashtadoʻzlari» masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Buxoro viloyati

Nurjanova Saboxat Shomuratovna — «Ichan qalʼa» davlat muzey-qoʻriqxonasi ekskursovodi, Xorazm viloyati

Samiyeva Guzal Muxitdinovna — Sariosiyo tumani davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi, Surxondaryo viloyati

Sulaymonova Gulchexra Toxir qizi — «Toshkent yoʻlovchi vagonlarini qurish va taʼmirlash zavodi» aksiyadorlik jamiyatining koʻprikli kran mashinisti

Usmonova Gulnora Xoshimjonovna — Bagʻdod tumanidagi «Gulnora Matqulobod bodomlari» ishlab chiqarish kooperatsiyasi rahbari, Fargʻona viloyati

Fayzullayeva Nasiba Nurullayevna — «Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyatining polipropilen qop ishlab chiqarish sexi operatori, Navoiy viloyati

Xaliyarova Xabiba Alekseevna — Gʻuzor tumanidagi «Mohigul Mohlaroyim jilosi» masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qashqadaryo viloyati

Xodjibolayeva Raʼno Odilovna — Fargʻona shahridagi «Surxtepa» mahalla fuqarolar yigʻinidagi hokim yordamchisi, Fargʻona viloyati

Sherova Zulfiya Maxmudovna — Shoʻrchi tumanidagi «Shoʻrchi Aziz agrofirma» masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari,  Surxondaryo viloyati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                       Sh.Mirziyoyev

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.