Yangi Oʻzbekistonni bunyod etish yoʻlida oʻzining tashabbuskorligi, bilim va tajribasini yaqqol namoyon etib, tadbirkorlik sohasida koʻplab istiqbolli loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirib kelayotgani, ijtimoiy masalalarni hal etishda jonbozlik koʻrsatayotgani, xususan, mamlakatimizda taʼlim tizimini rivojlantirish, har tomonlama sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazish ishlaridagi katta xizmatlari, yoshlarni ona Vatanga muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, aholi farovonligini yuksaltirish borasida alohida ibrat va namuna boʻlayotgani, shuningdek, jamiyatda oʻzaro koʻmak, saxovat va mehr-oqibatni kuchaytirishga qaratilgan ezgu harakatlardagi faol ishtiroki uchun Navoiy viloyati Navbahor tumanidagi «Saksanov» masʼuliyati cheklangan jamiyati ijrochi direktori Saksanov Abdikarim Yuldashovich «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev