AQSH Davlat kotibi oʻrinbosari bilan uchrashuv

0
65
marta koʻrilgan.

2018 yilning 26 mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Afgʻoniston boʻyicha «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun bugun Toshkent shahriga kelgan AQSH Davlat kotibining siyosiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Tomas Shennonni qabul qildi.

Uchrashuv chogʻida turli sohalarda Oʻzbekiston-AQSH hamkorligining holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, 27 mart kuni ochiladigan yuqori darajadagi Toshkent forumining kun tartibi nuqtayi nazaridan xalqaro va mintaqaviy masalalar koʻrib chiqildi.

Suhbatda AQSH Elchisi Pamela Leora Spratlen ishtirok etdi.

Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.