Abdulla Qahhor uy-muzeyida adabiy uchrashuv

0
591
views

Abdulla Qahhor uy-muzeyida “Nodir qalbning buyuk bekasi” nomli adabiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Tadbir oʻzbek halqining sevimli yozuvchisi Abdulla Qahhor ijodining tolmas targʻibotchisi va chorak asr maslakdoshi, mohir tarjimon, mumtoz adabiyotning zukko bilimdoni Kibriyo Qahhorova tavalludi munosabati bilan uyushtirildi.

Ushbu uchrashuv XX asr oʻzbek adabiyoti rivojiga ulkan hissa qoʻshgan adib  Abdulla Qahhor asarlarini yosh avlodga yetkazib berish masʼuliyati va ijodkorlar oilasining namunali, sadoqat va  mehr-muhabbatga yoʻgʻrilgan hayot yoʻllari haqida gapirildi.

Uchrashuvdan soʻng Abdulla Qahhor uy-muzeyi xodimlari  mehmonlarni muzeydagi har  bir yodgorlik bilan  qiziqarli tarzda tanishtirishdi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here