Abdurahmon Abdullayev shohsupada

0
171
marta koʻrilgan.

Ayni kunlarda Polshaning Sopot shahrida ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha Millatlar kubogining navbatdagi bosqich musobaqasi boʻlib oʻtmoqda. Turnirda ishtirok etayotgan yosh hamyurtimiz Abdurahmon Abdullayev har bir yoʻnalishda shohsupaga koʻtarilmoqda.

“Go for it” laqabli tulpor bilan qatnashayotgan Abdullayev dastlab 140 sm balandlikdagi toʻsiqlarni 29,56 soniyada jarima ochkolarisiz bosib oʻtdi va yakunda ushbu natija kumush medalni taqdim qildi. Ikkinchi kun dasturida ayni shu balandlikdagi katta yoʻnalishni bosib oʻtish uchun 60,31 soniya sarfladi. Bu bilan hamyurtimiz bronza medaliga sazovor boʻldi.

Chavandozimiz navbatdagi kunda 150 sm balandlikdagi toʻsiqlar oʻtish bahsida 26,16 soniyalik natija qayd etdi. Ushbu dasturda ishtirok etgan hech bir sportchi hamyurtimizning koʻrsatkichini yangilay olmadi va Abdullayev ushbu yoʻnalish boʻyicha oltin medal bilan taqdirlandi.

gujum.uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.