Abituriyentlar bir yilda endi uchta oliy oʻquv yurtiga hujjat topshirishlari mumkin

0
216
views

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining telegramdagi kanalida xabar berilishicha, 2019/2020 oʻquv yili qabulidan boshlab abituriyentlarga oliy taʼlim muassasalarining test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi bir xil boʻlgan uchtagacha bakalavriat taʼlim yoʻnalishida tanlovda ishtirok etish huquqi berildi.

2019/2020 oʻquv yili qabulidan boshlab oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga qabul qilish boʻyicha kirish test sinovlarini iyul-avgust oylarida oʻtkaziladi.

Abituriyentning test sinovidan toʻplagan ballari haqidagi maʼlumotni test sinovi oʻtkazilgan kunning ertasiga, uning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani boʻyicha belgilangan tartibda tasdiqlangan tanlov natijasi esa test sinovlarini oʻtkazish jarayoni toʻliq yakunlangandan keyin bir hafta muddat ichida Davlat test markazining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

 

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here