Sport kurashlari boʻyicha Qozogʻistonda oʻtayotgan Osiyo chempionatining ikkinchi kuni Oʻzbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli kechdi.
Barcha raqiblarni 67 kg vazn toifasida magʻlub etgan Abror Ataboyev oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Hamyurtimiz finalda yaponiyalik Kyotaro Sobagega hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Bu 21 yoshli kurashchimizning kattalar oʻrtasidagi qitʼa birinchiligida erishgan birinchi chempionligi.
gujum.uz