Abu Ali ibn Sino Buxorodan Xorazmga karvon bilan horib-tolib kirib kelibdi. Tabib Ibn Sino kelganligini Xorazmshohga yetazishibdi. Shox ibn Sinoni huzuriga chorlashni buyuradi. Uni mulozamat bilan kutib olibdi va ikkita savol beribdi. “Mashhur tabibsiz menga aytingchi yeyaverasan – yeyaverasan xech mazasini topmaysan – bu qanaqa taom?”.
Shunda dono tabib darxol “bu — shoshilib yeyilgan taom” deb javob kaytaribdi. Soʻngra ikkinchi savolni aytibdi: “davolayverasan-davolayverasan hech davolab boʻlmaydi – bu qanaqa kasal?”
Tabib Ibn Sino xech ikkilanmay tezda javob qaytaribdi: “Shoxim, bu ahmoq odam”
Aqlli va dono tabibning mashhurligi bejiz emasligiga yana bir karra ishonishib, Xorazmda yashab, ijod qilishiga shart-sharoitlar yaratib berishgan ekan.
Matniyoz Matniyazov,
tibbiyot fanlari nomzodi