Abu Rayxon Beruniy haqida roman

0
751
marta koʻrilgan.

“Mahtumquli” romani orqali kitobxonlar mehrini qozongan taniqli dramaturg, shoir va yozuvchi Qurbon Muhammadrizo  X-XI asarlarda yashagan buyuk alloma Abu Rayxon Beruniy haqida “Omonat tuhfa” va “Sinov sahnasi” romanlarini nashrdan chiqargan edi. Ushbu asarlarning har biri 1000 nusxada “Noshirlik yogʻdusi” nashriyotida chop qilinib, kitobxonlar tomonidan iliq kutib olindi. Xorazm viloyatning oʻquv muasssalarida, mahalla va kutubxonalarda kitobning tantanali ravishda taqdimotlari oʻtkazildi.

Yaqinda mazkur kitoblarning taqdimoti Qoraqalpogʻiston Respublikasining Beruniy shahrida ham boʻlib oʻtdi.

Asarda tugʻilib oʻsgan yurtga cheksiz sadoqat, insonparvarlik va mehr- oqibat, yuksak muhabbat tuygʻulari, vatanparvarlik, tinchlik-totuvlik, shukuronalik gʻoyalari asarlarning tub mohiyatini tashkil qiladi.

Tadbirda tarixiy romanlar haqida oʻz taassurotlarini bildirgan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi raisi, akademik N.Ayimbetov, Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasi raisi oʻrinbosari, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Ya.Qoʻchqorov, Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari Q.Shoniyozov, Oʻ. Nurullayeva, kitobxon D.Seyitniyozovalar kitobxonlikni aholi, ayniqsa yoshlar oʻrtasida keng targʻib qilish, mutolaa madaniyatini yanada yuksaltirish masalalariga ham alohida toʻxtalishdi.

Taqdimot soʻngida romanlar muallifi, ustoz Quronboy Muhammadrizo soʻzga chiqib, asar yozilishi tarixi, maqsad va gʻoyalari haqida atroflicha gapirib berdi.

Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi oʻrinbosari O.Hamroyev, Beruniy tumani hokimi O.Safarboyev, Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi Qoraqalpogʻiston boʻlimi rahbari A.Daniyorov qatnashdilar.

G.Palvanova, Xorazm viloyati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.