Bugun 25 yanvar kuni Oʻzbekiston futbol federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi boʻlib oʻtdi.
Kun tartibidagi masalalardan biri OʻFFning tashkiliy-huquqiy shaklini oʻzgartirish boʻlib, konferensiya delegatlari Oʻzbekiston futbol federatsiyasini Oʻzbekiston futbol Assotsiatsiyasiga oʻzgartirilishiga bir ovozdan rozilik bildirishdi.
Shu paytga qadar OʻFF prezidenti sifatida faoliyat yuritgan Umid Ahmadjonov MOQ prezidentligiga oʻtgani munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining 1-oʻrinbosari Achilbay Ramatov OʻFAning yangi prezidenti etib saylandi.
Umid Ahmadjonov Oʻzbekiston Milliy Olimpiya Qoʻmitasi prezidentligi bilan birgalikda Oʻzbekiston futbol Assotsiatsiyasining 1-vitse prezidenti sifatida ham faoliyat yuritadi.
OʻFA xabari