Adhamjon Ergashev jahon chempionatining bronza medali sohibi

0
87
marta koʻrilgan.

 

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati xabariga koʻra, 28 noyabr kuni AQSHning Kaliforniya shtati Anaxaym shahrida ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionati start olgan edi. Oʻzbekiston terma jamoasi yilning eng nufuzli musobakasida 10 nafar sportchi (8 ta erkaklar 2 ta ayollar) bilan ishtirok etmoqda. 

 
Hamyurtlarimiz orasida birinchi boʻlib, 62 kg. vazn toifasida Adhamjon Ergashev bahslarga kirishib, dast koʻtarishda 135 kg, siltab koʻtarishda 157 kg, umumiy 292 kg. ogʻirlikni oʻziga boʻysundirib jahon chempionatining bronza medaliga sazovor boʻldi.
Jahon chempionati bugun yakunlanadi.
 
 
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.