Afgʻoniston boʻyicha Toshkent konferensiyasining boshqa xalqaro konferensiyalardan farqi nimada?

0
95
marta koʻrilgan.

Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi Alisher Kurmanov Afgʻoniston boʻyicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi matbuot markazida boʻlib oʻtayotgan sessiya yigʻilishida aytib oʻtdi, deya xabar beriladi uza.uz saytida

“Bundan oldin ham Afgʻoniston boʻyicha qator uchrashuvlar va muloqot guruhlari tashkil etilgan. Tokio, Bon, London, Istanbul konferensiyasi va boshqalar shular jumlasidan. Xoʻsh, Afgʻoniston boʻyicha yuqori darajali Toshkent konferensiyasining ulardan farqi nimada? Gap shundaki, ushbu konferensiyalar asosan Afgʻoniston iqtisodiyotini tiklash kabi masalalar muhokamasiga bagʻishlangan edi. 

Prezidentimiz tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan ushbu nufuzli anjuman Afgʻonistonda tinchlikka erishishning yagona va oqilona yoʻli sifatida hukumat va mamlakat ichidagi asosiy siyosiy kuchlar oʻrtasida oldindan hech qanday shart qoʻymasdan, toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot olib borishni nazarda tutadi. Bu kabi muhim siyosiy-ijtimoiy yoʻnalishdagi vazifalar Afgʻoniston hukumati tashabbusi bilan boshlangan Kobul jarayonida ham oʻz aksini topgan edi. 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.