Afgʻoniston delegatsiyasi Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari bilan tanishdi

0
237
views

Afgʻoniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf Gʻani Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodiga tashrif buyurdi, deya xabar bermoqda Prezident.uz saytida.  

Afgʻoniston delegatsiyasi mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan yengil va yuk mashinalari, qishloq xoʻjaligi texnikalari, maishiy uskunalar va boshqa sanoat mahsulotlari bilan tanishdi. 

Tadbirda samimiy doʻstlik munosabatlarining ifodasi sifatida Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan 25 dona «Isuzu» rusumli avtobus va “New Holland” markali 3 ta traktor Oʻzbekiston Respublikasi nomidan birodar Afgʻonistonga hadya etildi.

 

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here