Afgʻoniston Islom Respublikasi Prezidenti Toshkentga keldi

0
108
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Afgʻoniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf Gʻani 26 mart kuni amaliy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi. 

Qisqa suhbatdan soʻng Afgʻoniston delegatsiyasi oʻzi uchun ajratilgan qarorgohga yoʻl oldi. 

Avval xabar qilinganidek, ikki davlat rahbarlari 27 mart kuni «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzuida Afgʻoniston boʻyicha yuqori darajadagi xalqaro konferensiyada ishtirok etadi va soʻzga chiqadi. 

Tashrif dasturida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Afgʻoniston Prezidenti Muhammad Ashraf Gʻani muzokara oʻtkazishi ham koʻzda tutilgan.

Manba: Oʻzbekiston Respublikasi hukumat portali

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.