Afgʻoniston Prezidenti – Buxoro davlat universitetining faxriy doktori

0
152
views

Afgʻoniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf Gʻani Buxoro davlat universiteti professor-oʻqituvchilari va talabalari bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda Prezident.uz saytida. 

Mazkur universitet mamlakatimizdagi yirik bilim maskanlaridan biridir. Undagi 8 fakultetda 7 mingdan ziyod talaba va magistr taʼlim olmoqda. 

Afgʻoniston Prezidenti universitet professor-oʻqituvchilari va talabalari huzurida maʼruza qildi. 

Muhammad Ashraf Gʻaniga Buxoro davlat universiteti faxriy doktori unvoni berilgani toʻgʻrisida diplom topshirildi. 

Dunyo ilm-fani va islom olamida katta oʻrin tutgan Buxoroi sharifni ziyorat qilish orzuim edi. Muhtaram Prezident Shavkat Mirziyoyevga bu imkoniyatni yaratib bergani uchun samimiy minnatdorlik bildiraman. Oʻzbekiston zaminidan Imom Buxoriy va Imom Termiziy kabi buyuk allomalar yetishib chiqqan. Bu yerda taʼlim olayotgan yoshlar mana shunday bobolariga munosib boʻlib voyaga yetishmoqda, dedi Prezident Muhammad Ashraf Gʻani. 

Afgʻoniston rahbari universitetning Faxriy mehmonlar kitobiga dastxat qoʻydi.

 

 


 
PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here