Afgʻoniston Prezidenti Buxoroning qadimiy meʼmoriy obidalari bilan tanishdi

0
133
views
Afgʻoniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf Gʻani boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari kunning ikkinchi yarmida Buxoro shahrining tarixiy markaziga tashrif buyurdi. 

Mazkur markaz qadimiy va koʻp asrlik tarixga ega, yetti iqlimga mashhur meʼmoriy obidalarni oʻz ichiga olgan. 

Mehmonlar koʻhna Ark qalʼasi, Poyi Kalon majmuasi tarkibiga kiruvchi Minorai Kalon, Masjidi Kalon va Mir Arab madrasasi hamda shaharning boshqa diqqatga sazovor joylari bilan tanishdi. 10 ming kishiga moʻljallangan Masjidi Kalon tarixi, binoning meʼmoriy ulugʻvorligi, ibodatchilar uchun yaratilgan qulayliklar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. 

Afgʻoniston delegatsiyasi aʼzolari Kogon tumani hududida joylashgan buyuk ajdodimiz Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasida boʻlib, Naqshbandiya tariqatining yirik namoyandasi qabrini ziyorat qildi. Qurʼon tilovat qilindi. 

Shuning bilan Afgʻoniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf Gʻanining mamlakatimizga tashrifi nihoyasiga yetdi. 

 

 


PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here