Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Afgʻoniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf Gʻani 2018 yil 26 mart kuni amaliy tashrif bilan Toshkent shahriga keladi.
Ikki davlat rahbarlari 27 mart kuni «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzuida Afgʻoniston boʻyicha yuqori darajadagi xalqaro konferensiyada ishtirok etadi va soʻzga chiqadi.
Tashrif dasturida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Afgʻoniston Prezidenti Muhammad Ashraf Gʻani muzokara oʻtkazishi ham koʻzda tutilgan.