Afsonaviy Oksana Chusovitina yana shohsupada

0
109
marta koʻrilgan.

Indoneziyada davom etayotgan Osiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston terma jamoasiga hisobiga navbatdagi medal qoʻshildi.

Afsonaviy Oksana Chusovitina sport gimnastikasining tayanib sakrash boʻyicha bahslarida kumush medalni qoʻlga kiritdi. U oʻzining sevimli yoʻnalishida 14,287 ball toʻpladi va ikkinchi oʻrin sohibasiga aylandi.

43 yoshli Oksana Chusovitina Olimpiada chempioni va sovrindori, uch karra jahon chempioni, Yevropa chempioni, Osiyo oʻyinlarining koʻp karra gʻolibi, yetita yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan yagona gimnastikachi hisoblanadi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.