Avval xabar berganimizdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish, ularning xalq bilan muloqotini jonlantirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari ochiqligini taʼminlashga qaratilgan turkum seminarlar oʻtkazib kelinmoqda.
“Axborot xizmatlari faoliyatiga oid nazariy va amaliy aspektlar” mavzusidagi seminarlarning navbatdagi turkumi 23 may kuni Urganch shahrida tashkil etildi. Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati, shahar va tumanlar hokimi oʻrinbosarlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari axborot xizmatlari xodimlari ishtirok etdi.
Al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida tashkil etilgan oʻquv-seminarda «Axborot xizmatlari faoliyatiga doir qonunchilik: milliy va xorijiy tajriba”, “Tashkilot faoliyatida uchraydigan steriotiplar. Ularni buzishda OAV roli”, “Tashkilot imiji va uni boshqarish», «Media rejalashtirish asoslari”, “OAV uchun tadbirlarning oʻziga xosligi: matbuot-anjumani, brifing, press-tur, taqdimot va hokazo. Tadbirlar uchun zarur PR-matnlar tayyorlash”, “Verbal va noverbal muloqot sirlari. Kamera uchun kiyinish, artikulyasiya mashqlari, nafas olish texnikasi”, Axborot xizmatlari tomonidan tayyorlanadigan materiallarda vizual instrumentlardan foydalanish”, “Internetdagi on-layn instrumentlardan foydalanish”, “Matnlarni vizuallashtirish boʻyicha koʻnikmalar hosil qilish”, “Tasvirga olish jarayoni. Kamera oldida ishlash, trening ishtirokchilaridan intervyu yozib olish. Koʻp uchraydigan kamchiliklar ustida ishlash” Inqirozli kommunikatsiya”,“Inqiroz tushunchasi. Inqirozli holatlarda yoʻl qoʻyiladigan asosiy xatolar. Inqiroz paytida rioya qilinadigan 10 ta oddiy qoida. Inqiroz jarayonining mumtoz savollari. Inqiroz paytida samarali kommunikatsiya imkoniyatlari. Inqirozli holatlarga misollar. Oʻrganiladigan xulosalar”, “Inqirozli holatlarni modellashtirish: OAV va axborot xizmatlari oʻrtasidagi hamkorlik qanday amalga oshiriladi?” mavzulari doirasida taqdimotlar, amaliy mashgʻulotlar, muhokamalar boʻlib oʻtdi.
Treningda kutilgan amaliy natijalar yuzasidan tinglovchilar tomonidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Gulyor PALVANOVA