Ajdodlar merosi tinchlikni qadrlashga undaydi

0
77
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 16 noyabr kuni Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Dastlab buyuk olim Hakim at-Termiziy maqbarasi ziyorat qilindi. Qurʼon oyatlari tilovat etilib, Allohdan yurtimizga tinchlik, xalqimizga farovonlik tilab duo oʻqildi.

Ulamolar bilan suhbatda bugun dunyoda turli nizo va urushlar boʻlayotgani, begunoh insonlar qoni toʻkilayotgani afsus bilan qayd etildi. Bu yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik qadrini yanada teran anglatib, insonda shukronalik ruhini uygʻotadi. Bu neʼmatlar ahamiyatini, Termiziy kabi bobolarimiz ilm-maʼrifatini yoshlarga yetkazish muhimligi taʼkidlandi. Shu masalalar boʻyicha Termizda ilmiy konferensiya oʻtkazish taklifi bildirildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.