Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti direktori, akademik Sh.I.Salixovning ilm-fan va texnologiyalar rivojiga qoʻshgan hissasi, xususan Xitoy Xalq Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan samarali ilmiy hamkorlik olib borgani uchun 2017 yil 10 noyabrda Xitoy Xalq Respublikasi Fanlar akademiyasining xorijiy aʼzosi etib saylandi.
Mazkur axborot XXR FA rasmiy veb-saytining ilovasida eʼlon qilingan.