AKM mutaxassislari tomonidan «Siz yodimizdasiz — siz yuraklarda» nomli videoroligi namoyish qilindi

0
131
marta koʻrilgan.

2022 yil 2 fevral kuni Toshkent shahar  «Bilim» axborot-kutubxona  markazi tasarrufidagi A.Choʻlpon kutubxonasida Oʻzbekiston  Respublikasining  Birinchi Prezidenti I. Karimov tavallud kuniga bagʻishlangan «Siz  yodimizdasiz — siz yuraklarda» mavzusida  maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirga  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasining raxbari T. Shirinov, Olmazor tuman din ishlari boʻyicha bosh mutaxassis A. Qayumov, Olmazor tumani maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi rahbari M.Aliboyeva,  Olmazor tumanidagi «Oltinsoy», «Qichqiriq», «Taraqqiyot» mahalla faollari hamda  133 va 233-maktab yuqori sinf oʻquvchilari tashrif buyurdilar.

Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda soʻzga chiqqanlar tomonidan jonajon Oʻzbekistonimizning ravnaqi  yoʻlidagi fidokorona mehnatlari, ijtimoiy-siyosiy sohalarda amalga oshirilgan islohotlarning tashabbuskori, tinchligimiz, farovonligimiz, koʻp millatli xalqimiz birdamligi va bir soʻz bilan aytganda birinchi prezidentimiz, Mustaqilligimiz meʼmori Islom Karimovning hayoti va faoliyati toʻgʻrisida aniq misollar asosida tarixiy fikrlar, taassurotlar hamda iliq soʻzlar bildirildi.

Ayniqsa, «Eng yuksak jasorat — bu maʼnaviy jasoratdir!» degan olamshumul iborasiga alohida toʻxtalib oʻtildi. Jumladan, I. Karimov nomidagi  ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasi markaz rahbari X. Raxmonovning «Islom Karimov va milliy maʼnaviyat» mavzusidagi maʼruzasi tinglandi va  majmua bosh ilmiy xodimi Sh. Rashidov «Oʻzbekiston mustaqilligining qoʻlga kiritishida  Islom Karimovning oʻrni» haqida gapirib berdi.   Tadbir davomida, AKM mutaxassislari tomonidan I. Karimov hayotiga bagʻishlangan «Siz yodimizdasiz — siz yuraklarda» nomli videoroligi namoyish qilinishi barchaga manzur boʻldi.

 Shuningdek, Olmazor tumani din ishlari boʻyicha  bosh mutaxassis A. Qayumov, Olmazor tumani maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi rahbari  M.Ibragimova, Olmazor tumani Nuroniy jamgʻarmsidan Z. Shonazarov, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari T. Eshbek  va D. Rajablar ham ishtirok etib, I.Karimovni yorqin xotirasini yodga olishdi.

Kutubxona mutaxassislari tomonidan, ishtirokchilarni birinchi prezidentimiz haqida koʻproq maʼlumotga ega boʻlishlari  uchun, «Xotira bor ekan, tirikdir millat» nomli adabiyotlar koʻrgazmasi tashkil qilindi va bibliografik sharh berildi. Inson dunyoga kelar ekan, odamlar qalbida faqat yaxshilik, ezgu amallar  asrlar osha mangu yashab qoladi. Oʻzbekistonning Birinchi Prezident I.Karimovning yorqin xotirasi qalbimizda mangu yashaydi. Kuchli xayajonda, Karimovning siyosat maydonidagi tahlikali vaziyatlarda ham odilona va oqilona olib borgan jasoratli faoliyatiga bagʻishlangan tadbir yoshlarimizda katta taassurot qoldirdi.

Hafiza Karimova, Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar aʼlochisi, Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazi direktori

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.