Al Hakim at-Termiziy anʼanaviy xalqaro turniri

0
341
marta koʻrilgan.

Termizda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun kurash boʻyicha Al Hakim at-Termiziy xotirasiga bagʻishlangan anʼanaviy xalqaro turnir oʻz yakuniga yetdi.

XV bor tashkil etilgan musobaqaning 11 aprel  kuni koʻpchilikning diqqat-markazida boʻldi. Chunki, ushbu kun dasturida eng tomoshabop hisoblangan mutlaq vazn toifasidagi bellashuvlar boʻlib oʻtdi. Unda gʻolib 10 ming AQSH dollarini qoʻlga kiritishi kurashchilardagi ishtiyoqni yanada kuchaytirgan edi. Keskin va murosasiz bahslar yakunida hamyurtimiz Muhsin Hisomiddinov bosh sovrinni qoʻlga kiritdi. Finalda kurashchimiz tojikistonlik Dadaxon polvon Qurbonaliyevni dogʻda qoldirdi.

Gʻolib va sovrindorlar qatoridan joy olgan kurashchilar bilan tanishing.

– 60 kg. vaznda: Muhammadrizo Quvvatov (Tojikiston);  Abdullaziz Xamroyev (Oʻzbekiston);  Akobir Qurbonov (Oʻzbekiston);  Kanat Seilkxan (Qozogʻiston).

– 66 kg. vaznda: Qobuljon Axmedov (Oʻzbekiston);  Atabek Amirali (Qozogʻiston);  Ruslan Boʻriyev (Oʻzbekiston);  Muhammad Yusuf Shuayib (Afgʻoniston).

-73 kg. vaznda:  Sabir Saparbayev (Qozogʻiston);  Umidjon Abdullayev (Oʻzbekiston);  Oʻrol Sodiqov (Oʻzbekiston);  Ilsohzoda Husini (Tojikiston).

Qizlar oʻrtasida 70 kg. vaznda:  Pokizaxon Kamoliddinova (Oʻzbekiston);  Azman Amayeva (Qozogʻiston);  Filura Ergasheva (Oʻzbekiston);  Gusevo Vladleno (Rossiya).

Mutlaq vaznda:  Muhsin Xisomiddinov (Oʻzbekiston);  Dadaxon Qurbonaliyev (Tojikiston);  Yaxyo Imomov (Oʻzbekiston);  Neʼmatullo Asrankulov (Tojikiston).

GUJUM.UZ

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.