Al Hakim at-Termiziyning “Bahr at-tafsir” asari topilib, nashr etildi

0
117
marta koʻrilgan.

Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori Joʻrabek Choʻtmatov izlanish olib borib, ushbu asar qoʻlyozmasini Turkiyaning Burdur shahridan topdi va uni nashrga tayyorladi.

Dunyo tadqiqotchilari eʼtiboriga havola etish maqsadida asar arab tilida Istanbul shahridagi “Dor al-kutub-arabiyya” nashriyotida “Bahr at-tafsir” (“Tafsir ummoni”) nomi bilan chop etildi. Asar oʻzbek tilida ham nashr etiladi.

Eslatma: Al Hakim at-Termiziy (820-932) yurtimizda tasavvuf va tafsir ilmining rivojlanishini boshlab bergan qomusiy olimlardan hisoblanadi. Olim 400 dan ortiq kitob yozgan boʻlib, ulardan 60 ga yaqini bizgacha yetib kelgan. Allomaning asarlari Parij, Qohira, Damashq, Iskandariya, Istanbul va London kabi shaharlardagi qoʻlyozmalar jamgʻarmalarida saqlanadi.

gujum.uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.