Alisher Navoiyning maʼnaviyat yogʻdusi Komila Hamroyeva taqdirida

0
639
marta koʻrilgan.
Navoiy viloyatida oʻtkazilgan “Alisher Navoiy ijodiy merosining umumbashariyat maʼnaviy-maʼrifiy taraqqiyotidagi oʻrni” mavzusidagi III anʼanaviy xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida Ozarbayjon, Turkiya, Moʻgʻuliston, Qozogʻiston, Turkmaniston, Tojikiston, Afgʻoniston, Eron, Hindiston, Rossiya, Vengriya, Shvetsiya kabi 15 ga yaqin davlatdan 50 dan ortiq navoiyshunos olimlar, akademiklar, shuningdek, yurtimizning barcha viloyatlaridan ijodkor ziyolilar, maʼnaviyat sohasi mutaxassislari,  talabalar, tanlov gʻoliblari-maktab oʻquvchilari ishtirok etdi.
 
Mamlakatimizda Alisher Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi taʼsis etilgan 2009 yildan buyon Navoiy viloyatidan 34 iqtidorli talaba mazkur stipendiya sohibi boʻlgan. Viloyat miqyosida oʻtkaziladigan «Navoiylik yosh navoiyxonlar” koʻrik-tanlovining oʻtgan yilgi yakuniy bosqichida Karmana tumanidagi 4-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 8-sinf oʻquvchisi Ibrohim Gʻafforov buyuk ajdodimiz gʻazallarini yod olish, ifodali oʻqish, matnning nasriy bayoni (yozma sharhi)ni yarata olish kabi shartlar boʻyicha bilim va mahoratini namoyish etib, gʻoliblikni qoʻlga kiritgan va unga Prezident sovgʻasi – “Spark” avtomobili berilgan.
 
Mazkur tanlovning joriy yilgi gʻolibi Karmana tumanidagi 28-umumtaʼlim maktabining 9-sinf oʻquvchisi Komila Hamroyevaga ham «Spark» avtomobili sovgʻa qilindi. 
 
Anjuman davomida navoiyshunoslar shoʻbalarga boʻlinib, shoir va mutafakkir ijodini oʻrganishda erishilgan yutuqlar va yechimini kutayotgan masalalar xususida soʻz yuritishdi. Buyuk mutafakkir asarlarini dunyo tillariga tarjima qilish, oʻquvchilarga tushunarli, ravon tilda bayon etish xususidagi izlanishlar samarasi tahlil qilindi. Shoir ijodiga murojaat etib, falakiyot, pedagogika, tilshunoslik borasidagi boy tajribasidan unumli foydalanish bugungi kunning dolzarb vazifasi ekani taʼkidlandi.
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.