Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga yoʻllagan maktubiga doir

0
128
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidentidan joriy yil 26-27 mart kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan Afgʻoniston boʻyicha xalqaro konferensiyaga oid maktub keldi. 

AQSH Prezidenti Oʻzbekiston Prezidentining Toshkentda boʻlib oʻtadigan Afgʻoniston boʻyicha xalqaro konferensiya taʼrifi bayon etilgan maktubini olganidan mamnun boʻlganini qayd etdi.

Maktubda AQSHning Janubiy Osiyodagi strategiyasi mintaqa mamlakatlarini Afgʻonistondagi nizoni tartibga solish va vaziyatni barqarorlashtirish uchun birdek masʼuliyat his qilishga undashi taʼkidlangan.

Donald Tramp Oʻzbekiston Prezidentining mintaqaviy yondashuvga doir tashabbusini qoʻllab-quvvatlashi, bu esa oʻz navbatida vaziyatni tinch muzokaralar yoʻli bilan hal qilish uchun sharoit yaratishi, iqtisodiyot, jumladan, Afgʻoniston bilan savdo aloqalarini rivojlantirishini qayd etdi.

Shuningdek, maktubda bunday deyilgan:

«Mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan saʼy-harakatlaringiz katta muvaffaqiyatlar keltirdi. Oʻtgan yili noyabr oyida Samarqandda boʻlib oʻtgan konferensiya butun Markaziy Osiyo boʻylab istiqbolli hamkorlik muhitini yaratdi, dekabr oyidagi Prezident Ashraf Gʻani bilan uchrashuvingiz esa mustahkam hamkorlik va taraqqiyotga zamin hozirlab berdi.

Sizning Afgʻoniston boʻyicha xalqaro konferensiya oʻtkazishga doir tashabbusingizni toʻliq qoʻllab-quvvatlayman, shunday ekan, ushbu format afgʻonistonliklar boshchilik qilayotgan Kobul jarayoni bilan muvofiqlashtirilishini taʼminlash uchun biz hamkorlikda astoydil ishlashimiz zarur. Oq uy maʼmuriyati Toshkentdagi konferensiyada ishtirok etuvchi AQSH delegatsiyasi tarkibini koʻrib chiqmoqda.

Samimiy va iliq soʻzlaringiz, shuningdek, Afgʻonistondagi birgalikdagi saʼy-harakatlarga qoʻshayotgan ulkan hissangiz uchun minnatdorlik izhor etishga ijozat bergaysiz. Oʻzbekiston xalqiga salomim va ezgu tilaklarimni yetkazishingizni soʻrayman.

Yaqin orada Siz bilan uchrashishni intizorlik bilan kutib qolaman.

Ehtirom bilan

                                                               Donald Tramp,

                                         Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti»


Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.