Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev islohotlarning borishi bilan yaqindan tanishish maqsadida 20 avgust kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasiga keldi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Safar davomida Moʻynoq, Qonlikoʻl, Qoraoʻzak, Taxiatosh kabi tumanlar va Nukus shahridagi bunyodkorlik ishlarini koʻzdan kechirish, sanoat korxonalari va fermer xoʻjaliklari faoliyati bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilib, yangi loyihalarni belgilash rejalashtirilgan.
Tashrif Ikki kunga moʻljallangan tashrifida Prezident Shavkat Mirziyoyev Moʻynoq tumaniga kelib, Amudaryo deltasida kichik suv havzalarini barpo etish boʻyicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. 2019-2022 yillarga moʻljallangan ushbu loyiha suv havzalarini samarali boshqarish orqali hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni yaxshilashga qaratilgan.
Davlatimiz rahbari hududda chorvachilik va baliqchilikni rivojlantirish orqali ish oʻrinlari, aholi daromadlarini koʻpaytirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.