Prezident Andijon viloyatida amalga oshirilishi rejalashtirilgan yirik loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.
Qayd etilganidek, xitoylik investorlar bilan hamkorlikda jami 1,7 milliard dollarlik 26 ta loyiha ustida ish borilmoqda. Ular enegretika, elektrotexnika, mashinasozlik, toʻqimachilik, qurilish materiallari, farmatsevtika, qishloq xoʻjaligi, taʼlim va infratuzilma kabi muhim sohalarda.
Masalan, mini gidro elektr stansiyalar, uy-joy va koʻngilochar maskanlar qurish, elektrobuslar va ular uchun akkumulyatorlar, keramogranit va beton panellar, dori vositalari ishlab chiqarish, gilos va rezavor mevalar yetishtirish kabi loyihalar koʻplab ish oʻrinlari, iqtisodiy samaradorligi bilan xalqimizga katta manfaat keltiradi.
Davlatimiz rahbari xitoylik investorlar bilan suhbatlashdi. Ular Oʻzbekiston bilan Xitoy oʻrtasidagi strategik sheriklik yuksak darajaga chiqqani, mamlakatimizdagi ulkan imkoniyatlar ishbilarmonlarga ishonch berayotganini taʼkidlashdi.