Angliya nashri Oʻzbekistonni «Yilning eng yaxshi boks mamlakati» deb eʼtirof etdi

0
181
marta koʻrilgan.

Angliyaning thefight-site.com sport sayti oʻz maqolasida havaskor boksda dunyoning eng yaxshi sportchilari va boshqa nominatsiyalar boʻyicha kuchlilar nomini eʼlon qildi.

Eʼtiborlisi, boks boʻyicha turli yoʻnalishlarning gʻoliblari sifatida oʻzbekistonlik bokschilar eʼtirofga sazovor boʻlishdi.

Maqola muallifi Teylor Uxigginsning keltirishicha, “Yil bokschisi”, deya Osiyo va Jahon chempioni Mirazizbek Mirzaxalilov eʼtirof etilgan boʻlsa, undan keyingi oʻrinlarda kubalik Endi Kruz Gomes va Bahodir Jalolov nomlari qayd etilgan.

Jahon boksida “Qiziqarli janglar olib boruvchi” sifatida hamyurtimiz Abdumalik Halakov keltirilgan. “Yil nokauti” sifatida esa Bahodir Jalolovning Richard Torres ustidan qozongan gʻalabasi koʻrsatilgan.

Ushbu maqola soʻngida Oʻzbekiston – “Yilning eng yaxshi boks mamlakati” deya eʼtirof bilan yakunlangan.

Oʻzbekiston Milliy olimpiya koʻmitasi Matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.